Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida suvdan foydalanish va suv isrofini monitoring qilishda uchuvchisiz uchish qurilmalari — dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligi va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy bo‘linmalarida suv tejovchi texnologiyalar hamda monitoring bo‘limlari tashkil etiladi. Tekshiruvlar jarayonida yonkameralardan foydalanish amaliyoti joriy qilinadi.
Shu bilan birga, subsidiya ajratilgan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi. Ushbu texnologiyalar o‘rnatilgan bo‘lsa-da, an’anaviy sug‘orish usulidan foydalanish suvdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish deb baholanadi.
Bundan tashqari, sholi yetishtiriladigan va baliqchilik xo‘jaliklari joylashgan hududlarda “aqlli” suv o‘lchash moslamalari o‘rnatilib, ular “Suv hisobi” axborot tizimiga ulanadi. Kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida minglab fermer va mutaxassislarning malakasi oshirilishi rejalashtirilgan.

