“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Date:

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov davomida tuman va shahar bosqichlarida saralangan 7–11-sinf o‘quvchilari buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosiga tayanib, o‘z tafakkuri, ma’naviy dunyosi va ijodiy salohiyatini namoyon etdi.

Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali taqdirlash marosimida munosib e’tirof etildi. Boysunlik Durdona Nuriddinova 3-, Termiz shahrilik Sarvinoz Xursandova 2-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Sariosiyo tumanidagi 4-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Ruxshona Hamzaqulova 1-o‘ringa munosib ko‘rildi. Mazkur tanlov yosh avlod qalbida Navoiyga muhabbat, milliy o‘zlik va ma’naviy tafakkurni yanada mustahkamlashga xizmat qilgani bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun