10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Date:

Termiz tumanining “Sabzipoya” mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming tup tut ko‘chati ekilib, qator oralaridan samarali foydalanish uchun 20 ta oilaga har biri 50 sotixdan yer maydoni ajratildi. Tadbir Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Erkin Muhitdinov ishtirokida o‘tkazildi.

Loyiha doirasida oilalar yer maydonlarida yeryong‘oq, poliz ekinlari, piyoz va kartoshka yetishtirib, yiliga 50-60 million so‘mgacha qo‘shimcha daromad olishi mumkin. Tashabbus aholining barqaror daromad manbai bilan ta’minlanishi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini samarali yetishtirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun