106 gektarda Ekoshahar loyihasi

Date:

Aholi sonining ortib borishi yangi turar joylar barpo etish va ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarni kengaytirishni taqozo etmoqda. Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida aholini sifatli, zamonaviy hamda barcha zarur infratuzilmaga ega turar joylar bilan ta’minlashga qaratilgan qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun ham keng sharoitlar yaratilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrifini davom ettirib, Surxon daryosi bo‘yida joylashgan “Praym Avenyu Byulding” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘p qavatli turar joylar, savdo, xizmat ko‘rsatish hamda ko‘ngilochar obyektlarni o‘z ichiga olgan “Seoul Man” loyihasi qurilishi jarayonlari bilan tanishdi.

Mas’ullar tomonidan mazkur loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar, shuningdek, 106 gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilgan “Termiz Eko shahar” kompleksining loyihalash ishlari yuzasidan batafsil axborot berildi. Viloyat hokimi qurilish va loyiha ishlarini belgilangan meyor va talablar asosida tashkil etish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, tashrif davomida Termiz shahri Katta bog‘ mahallasida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylar majmuasi qurilishi ham ko‘zdan kechirilib, ishlar sifat, mustahkamlik va amaldagi qurilish meyorlariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish»...

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar savdoga chiqarildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan...

5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy...

“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla...
KunTun
KunTun