Eski maktab ta’mirlanib tiklanadi

Date:

Sherobod tumanining Homkon qishlog‘i aholisining ta’lim muassasasi bilan bog‘liq murojaatlari yuzasidan tuman hokimi Usmon Alimov tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganildi. Tashrif davomida maktab infratuzilmasining joriy ahvoli ko‘zdan kechirilib, mavjud vaziyatga aniqlik kiritildi.

O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, uzoq vaqt davomida foydalanilmay kelinayotgan eski maktab binosining tom qismi noqulay ob-havo sharoiti ta’sirida qulab tushgan. Mazkur holat aholida xavotir uyg‘otgan bo‘lsa-da, ayni vaqtda qishloqda yangi qurilgan maktab binosi mavjud bo‘lib, unda o‘quv jarayonlari to‘liq va belgilangan tartibda tashkil etilgan. Ta’lim jarayonining uzluksizligi ta’minlanib, o‘quvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Tuman hokimi tomonidan aholi vakillariga mavjud vaziyat yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berilib, eski maktab binosida ta’mirlash-tiklash ishlari ob-havo sharoiti iliqlashishi bilan amalga oshirilishi ma’lum qilindi. Ushbu ishlar belgilangan tartibda, tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan olib borilishi hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etilishi alohida qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun