Sanoat va ekoturizm loyihalari o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosi joyida o‘rganildi. Xususan, “Surxon kombinati” MCHJga tegishli bo‘sh binolarda temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish hamda “Janubiy Surxon suv ombori” hududida ekoturizm kompleksini barpo etish loyihalari ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar tomonidan yer maydonlarini lotlarga bo‘lish va ularni auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, sanoat klasteri doirasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Viloyat hokimi ushbu loyihalar va boshqa drayver tashabbuslarni izchil amalga oshirish, belgilangan vazifalarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun