Stellalar qurilishi muhokamada

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng videokonferensiya aloqasi orqali shahar va tumanlarning kirish qismlarida ramziy inshootlar — stellalar qurilishi masalalarini muhokama qildi.

Unda mas’ullar tomonidan qurilish maydonlarida olib borilayotgan ishlar, loyihalarning ijrosi hamda hududlarda amalga oshirilayotgan turizmga oid loyihalarning holati yuzasidan axborot berildi. Ushbu tashabbuslar hududlarning qiyofasini yaxshilash, sayyohlar uchun jozibador muhit yaratish va turizm salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Viloyat hokimi stellalar qurilishini tasdiqlangan loyihalar asosida, shaharsozlik va qurilish talablariga qat’iy rioya qilgan holda sifatli amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun