Yuzida quvonch, qalbida ishonch

Date:

Bandixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ–149-sonli qaroriga muvofiq, mehnat migratsiyasiga ketgan fuqarolarning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bolalarning ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli va quvonchli tashkil etish, iqtidorlarini rivojlantirish hamda ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Shu doirada Bandixon tumani 9-sonli madaniyat markazida tashkil etilgan navbatdagi tadbir bolalarga ko‘tarinki kayfiyat, quvonch va iliq taassurotlar ulashdi. Tadbir davomida bolalarning yuzida quvonch, qalbida esa ishonch va xursandchilik mujassam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun