Vakolati kengayadi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-oktyabrdagi PF–186-son Farmoniga muvofiq, mahalliy boshqaruv tizimida muhim o‘zgarishlar joriy etilmoqda.

Farmonga asosan, tajriba-sinov tariqasida 2026-yil 1-yanvardan boshlab Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tizimidagi barcha tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tegishli tuman va shahar hokimliklari tuzilmasiga o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, tuman va shahar hokimlariga mazkur bo‘limlar xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod etish, ularni rag‘batlantirish hamda intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha to‘liq vakolatlar berilmoqda.

Ushbu yangiliklar mahalliy darajada bandlik va kambag‘allikni qisqartirish ishlarini samarali tashkil etish, hudud rahbarlarining mas’uliyati va tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun