Soha fidoyilariga ehtirom

Date:

Termiz shahrida “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan yuksak ruh, samimiyat va ehtirom bilan bezatilgan bayram tadbiri o‘tkazildi. Shahar markazidagi “Muhtasham saroy” tantanalar binosida bo‘lib o‘tgan ushbu marosimda sog‘liqni saqlash tizimining fidokor xodimlari — shifokorlar, hamshiralar, faxriy tibbiyot arboblari hamda jamoatchilik vakillari bir joyga to‘plandilar.

Tadbirda sog‘liqni saqlash bo‘limi va shahar tibbiyot birlashmasi rahbarlari ishtirok etib, o‘zining ezgu tilaklarini izhor etdilar. So‘zga chiqqanlar tibbiyot xodimlarining mashaqqatli, ammo sharafli mehnatini yuksak qadrlab, ularning xalq salomatligini asrash yo‘lidagi fidoyiligi, mehr-oqibati va insonparvarligini e’tirof etdilar.

Shuningdek, so‘nggi yillarda tibbiyot tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, zamonaviy shifoxonalar, diagnostika markazlari va innovatsion tibbiy texnologiyalar sohaga yangi imkoniyatlar eshigini ochib, tibbiyot xodimlari uchun qulay sharoit yaratib berayotgani ta’kidlandi.

Bayram kechasi davomida Termiz shahar madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Sahnada tibbiyot fidoyilari mehnatini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar va raqslar namoyish etilib, tomoshabinlarda g‘urur va faxr tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun