Memorandum imzolandi

Date:

Davlatimizning qo‘shni Afg‘oniston bilan o’zaro hamkorlik aloqalari izchil rivojlanmoqda. Ushbu tashabbuslar Afg‘onistonda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va hududlararo hamkorlikni kengaytirishga ham muayyan hissa qo‘shmoqda. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati bilan Afg‘onistonning Balx viloyati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik yangi bosqichda rivojlanmoqda.

Yaqinda Surxondaryo va Balx viloyatlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha Ishchi komissiyaning beshinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur hamkorlikning amaliy davomi sifatida Termiz xalqaro savdo markazida Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari va Balx viloyati gubernatori o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiyalarning uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida eksport faoliyatiga oid tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, anorchilik va quritilgan mahsulotlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasida B2B formatida muzokaralar o‘tkazildi.

Delegatsiya a’zolari Termiz xalqaro savdo markazining faoliyati, mavjud imkoniyatlar hamda Afg‘onistondan olib kelinayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar. Yakunda viloyat Savdo-sanoat palatasi va Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun