35 ta zamonaviy avtobus foydalanishga topshirildi

Date:

So‘nggi yillarda mamlakatimizda jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish, aholiga xavfsiz, qulay va ekologik toza transport xizmatlarini taqdim etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu yo‘nalishda Surxondaryo viloyatida ham amaliy natijalar ko‘zga tashlanmoqda.

Xususan, viloyatTransport boshqarmasi hamda “Termiztransportxizmat” MCHJ hamkorligida Xitoyning “ZHONGTONG BUS” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 35 ta zamonaviy avtobus viloyatga yetkazildi.

“Manguzar” avtoshohbekatida o‘tkazilgan tantanali marosimda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, kompaniya vakillari, soha mutasaddilari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Yangi avtobuslar “Brutto” shartnomasi asosida shahar ichki yo‘nalishlarida qatnovni boshlaydi. Bu tashabbus Termizda jamoat transporti tizimini takomillashtirish, aholiga tezkor, qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Mazkur loyiha — transport infratuzilmasini yangilash, ekologik barqarorlikni mustahkamlash va fuqarolar hayot sifatini yaxshilash yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...

Daraxtlar kechasi sug‘orilmoqda

Kunduzgi jazirama hukm surayotgan kunlarda Sariosiyo tumanida daraxtlar va...
KunTun
KunTun