“Dala cheti madaniyati”

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi PQ–465-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jarqo‘rg‘on tumanida “Dala cheti madaniyati” tamoyilini keng joriy etish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

“Ismoiltepa ziroatchi” hududidagi “Jarqo‘rg‘on tajriba” fermer xo‘jaligi dala maydonida o‘tkazilgan seminarda viloyat Karantin agentligi va Fermerlar kengashi tashabbusi bilan mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga “Dala cheti madaniyati”ni joriy etishning ahamiyati, dala chetlari hamda sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofini obodonlashtirish, begona o‘tlar, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi samarali kurashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar orqali fermer va mutasaddilarning agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi hamda “Dala cheti madaniyati”ni keng targ‘ib etishning yangi yo‘nalishlari belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlarga munosib tuhfa

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Uzun tumanida yana bir quvonchli...

43-maktabning qo‘shimcha binosi bor

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida bunyodkorlik ishlari izchil...

Yana bir maktab yangilandi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Oltinsoy tumanida yosh avlod uchun...

“Fonus” e’tirofga sazovor

Mustaqillik bayrami arafasida o‘zbek kinosining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug‘i...
KunTun
KunTun