Munosib ishtirok

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilib o‘sgan iqtidorli sportchi Shohita To‘rayeva III Yoshlar Osiyo o‘yinlarida yuksak natijaga erishib, O‘zbekiston sport faxriga aylandi.

U dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan ushbu nufuzli musobaqada o‘zining mahorati, jasorati va matonatini namoyon etib, raqiblarini ishonchli g‘alabalar bilan ortda qoldirdi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Jarqo‘rg‘on tumanida Shohita To‘rayeva ishtirokidagi bellashuv hamda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda sportchi yurtimiz bayrog‘ini Osiyo sahnasida baland ko‘targani, yoshlar uchun ibratli namuna bo‘lgani alohida ta’kidlandi.Shohita To‘rayeva yutuqlari nafaqat Jarqo‘rg‘on, balki butun Surxondaryo viloyatining sport salohiyatini yana bir bor namoyish etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun