Loyihalar ijrosi o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyatida 2026-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘lib, g‘alla urug‘larini ekish jarayonlari ijrosini o‘rgandi.

Oʻrganish davomida tuman rahbarlari va mutasaddilarning urug‘ ekish, sug‘orish va agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi bo‘yicha hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, hokim “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida og‘ir mahallalarda amalga oshirilayotgan infratuzilma ishlarini ham ko‘zdan kechirdi. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun