Uzun tumanida zamonaviy talablarga javob beruvchi yangi tez tibbiy yordam stansiyasi foydalanishga topshirildi. Tantanalik ochilish marosimida tuman hokimi Xabibulla Bozorov ishtirok etib, yig‘ilganlarni mazkur muhim inshootning ishga tushirilishi bilan samimiy tabrikladi.
Yangi tibbiy yordam stansiyasi aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu yerda zamonaviy tibbiy texnika bilan jihozlangan maxsus avtomobillar, shoshilinch yordam brigadalari uchun qulay ish sharoitlari, tibbiyot xodimlari uchun dam olish xonalari, dori saqlash bo‘limi, axborot markazi hamda navbatchilik punktlari tashkil etilgan.
Mazkur loyiha aholi farovonligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning amaliy natijasi bo‘ldi.

