Iqlim muammolariga yechim bor

Date:

Yurtimiz yoshlari ekologiya sohasida ham salmoqli yutuqlarga erishmoqda. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Iqlim qutisi” loyihasi doirasidagi respublika tanlovi yakunlari bunga yaqqol misoldir.

Tanlovda “Iqlim o‘zgarishlariga moslashish” nominatsiyasi bo‘yicha Denov tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi Asel Turabayeva o‘zining “Maktab meteostansiyasi — moslashish sari qadam” loyihasi bilan respublika g‘olibi bo‘ldi. Aselning loyihasi iqlim o‘zgarishlarini kuzatish, tahlil qilish va mahalliy darajada moslashuv chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan bo‘lib, u yosh avlodning ekologik tafakkuri shakllanayotganini ko‘rsatadi.

Shuningdek, ushbu maktabning yana bir iqtidorli o‘quvchisi Olesya Isheykina “Uglerod izini kamaytirish” yo‘nalishidagi “Plant Trees” (Daraxt eking) tashabbusi bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi. U o‘z loyihasida daraxt ekish orqali karbon izini kamaytirish, ekologik muvozanatni saqlash va atrof-muhitni sog‘lomlashtirish masalalariga yangicha yondashuvni ilgari surdi.

Eng quvonarlisi, Asel va Olesya o‘z ustozlari bilan birga Tailandga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu safar ular uchun nafaqat mukofot, balki yangi tajribalar, xalqaro ekologik amaliyotlar bilan tanishish va yangi g‘oyalar uchun ilhom manbaiga aylanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 NAFAR FARZANDGA BAYRAM TUHFASI

Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan Termiz shahrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj...

Moda yoʻlida dadil qadam

Samarqand viloyati Yoshlar markazida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo...

MEHNAT VA TASHABBUS E’TIROFI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan el-yurt...

Kampirtepada turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Oks Aleksandriyasi” (Kampirtepa) arxeologiya...
KunTun
KunTun