Sharafimiz munosib himoya qilindi

Date:

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan WAKO Jahon kubogi kikboksing musobaqasi nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo sport ixlosmandlarining e’tiborini tortdi. 50 dan ortiq davlatdan kelgan 3000 nafardan ziyod sportchi tatami va ring yo‘nalishlarida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

O‘zbekiston terma jamoasi safida Surxondaryo viloyatining iqtidorli sportchilari ham qatnashib, o‘zlarining kuchi, mahorati va qat’iyati bilan faxrli natijalarga erishdilar. Ulardan Asadbek Qurbonov ajoyib chiqishlari bilan ajralib turib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston bayrog‘ini Jahon kubogi shohsupasida baland hilpiratdi. Bu g‘alaba yosh sportchining fidoyiligi va mashaqqatli mehnatining yorqin ifodasidir.

Shuningdek, Jamoliddin Saidov va Mahmud Boyqobilov o‘z toifalarida kumush medallarni qo‘lga kiritishdi. Ularning texnikasi, jangovar ruhiyati va irodasi hakamlar hamda muxlislar tomonidan yuqori baholandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun