Surxondaryo paxta topshirish rejasini bajardi

Date:

Surxondaryo viloyati paxtakorlari yurtimizda birinchi bo‘lib joriy yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnomaviy rejani ortig‘i bilan bajardilar. Viloyatdagi qabul punktlariga 275 ming 600 tonnadan ortiq sifatli paxta xom ashyosi topshirildi. Bu yuksak natija Prezident tashabbusi bilan so‘nggi yillarda paxtachilikda joriy etilayotgan ilg‘or xorij tajribalari, paxtachilik-to‘qimachilik klasterlarining samarali faoliyati, urug‘dan tortib hosil yig‘imigacha bo‘lgan bosqichlarda mehnatsevar dehqon va fermerlarning fidokorona mehnati bilan chambarchas bog‘liqdir.

Garchi joriy yilda ayrim hududlarda ob-havo noqulay kelgan va suv taqchilligi kuzatilgan bo‘lsa-da, Surxondaryo mirishkorlari o‘z tajribasi va mas’uliyatli yondashuvi bilan mo‘l hosil yetishtirishga erishdilar. Hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish maqsadida viloyatda 1 ming 277 ta terim otryadi tuzilgan. Terilgan paxtani qabul shoxobchalariga yetkazish uchun 2 ming 10 ta traktor va 2 ming 965 ta tirkama safarbar etilgan.

Bu yildan boshlab vohada xorijiy tajriba asosida yuqori hosildor navlarni yetishtirish sinovdan o‘tkazilmoqda. Ayrim maydonlarda har gektardan 80 sentnergacha hosil olingani e’tiborga molik. Shuningdek, Xitoydan keltirilgan 60 ta zamonaviy paxta terish mashinalari qisqa vaqt ichida hosilni sifatli terib olishda muhim ahamiyat kasb etdi. Fidokorona mehnat, klaster va fermer xo‘jaliklarining oqilona yondashuvi tufayli Surxondaryo yana bir bor mamlakatimizda paxtachilikda yetakchi o‘rinni egalladi.

Viloyatning paxta topshirish rejasini bajarishda faol ishtirok etgan mexanizatorlar, suvchilar, terimchilar va xo‘jalik rahbarlari mehnati e’tirof etilib, ularni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Ayni paytda viloyatning barcha tumanlarida yig‘im-terim ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

8 nafar yosh ish bilan band

Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida...

Qumdagi va toshdagi yozuv

Bir kuni ikki do‘st tortishib qolishdi va biri ikkinchisiga...

Taassurot hayratlanarli

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar “Qo‘g‘irchoq”...

Bizda bronza medal!

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining III...
KunTun
KunTun