Turkiyada Usmon Azim bag‘ishlangan kitob nashr qilindi

Date:

Turkiy xalqlar adabiyoti bo‘yicha taniqli shoir, tarjimon va adabiyotshunos Fotih Sulton Yilmaz O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning 75 yilligi munosabati bilan uning ijodiga bag‘ishlangan “O‘zbek Adabiyotining Bir Fidoiysi: Usmon Azim (davr, shaxsiyat, asar)” nomli ilmiy kitobini nashr qildi. Bu haqda muallif o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Kitob uch bobdan iborat bo‘lib, birinchi va uchinchi boblar muallifi Fotih Sulton Yilmazdir. Birinchi bobda Usmon Azimning adabiy portreti, ijodiy davri, poetikasi va asarlaridagi asosiy mavzular ilmiy metodlar asosida tahlil qilinadi. Ikkinchi bobda esa o‘zbek va turk adabiyotshunos olimlarining maqolalari jamlangan bo‘lib, muallif o‘zbek tilidagi maqolalarni turk o‘quvchilari uchun tarjima qilgan. Kitobga turk olimlari — Shoira Ahmedova, Aleyna Koch, Nasiba Norova, Sarvinoz Ne’matova va boshqalar ham hissa qo‘shgan.

Uchinchi bobda esa Toshkentda Fotih Sulton Yilmaz tomonidan Usmon Azim bilan yuzma-yuz o‘tkazilgan suhbat joy olgan. Suhbtda shoirdan ilgari e’lon qilinmagan turk dunyosi va jahon adabiyoti haqidagi fikrlar o‘rin olgan. Muallif bu bobda o‘quvchilarni shoirning ichki dunyosi bilan tanishtiradi.

Bundan tashqari, Fotih Sulton Yilmaz o‘tgan hafta Usmon Azim she’rlarining tarjima to‘plami — “Sessızce oturdum dünya içinde” nomli kitobini Turkiyada “Bengü” nashriyotida chop etdi. Ushbu tarjima kitobda shoirning ilk she’riy to‘plamidan tortib, yangi asarlargacha bo‘lgan ijodiy yo‘li aks etgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun