Tadbirkor tashabbus ko‘rsatdi

Date:

Yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa ayollar va yoshlarning biznesini boshlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar samarasi sifatida yangi tashabbuslar ortib bormoqda. Ana shunday faol va mehnatsevar tadbirkorlardan biri — Sho‘rchi tumanida yashovchi Tojinor Ishonqulovadir. U o‘zining mehnati, tashabbuskorligi bilan e’tibor qozonmoqda.

— Shirinlik tayyorlash kelinimning bolalikdagi qiziqishi bo‘lgan, uning orzularini amalga oshirishga birgalikda harakat qildik, — deydi Tojinor Ishonqulova. — Shirinlik tayyorlash va uni sotish uchun mo‘ljallangan maskanning faoliyat boshlashi natijasida 15 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Biz uchun  mijozlarimizning mamnunligi eng katta mukofotdir. Tayyorlayotgan mahsulotlarimiz nafaqat ko‘rinishi, balki ta’mi bilan ham alohida ajralib turadi.

Maqsadida qat’iy bo‘lgan tadbirkor kelgusida faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va o‘z brendini rivojlantirishni ko‘zlagan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun