Imkoniyatlar daftari

Date:

Imtiyozi bo‘lsa, kredit olaman”, deb chopganning ham hammasi ishning ko‘zini biladigan emas, ishning ko‘zini bilganga esa kreditning foizi qiziq bo‘lmaydi. Tavakkalchilikka asoslangan tadbirkorning faoliyatida hamisha ham omad kelavermasa-da, oshig‘i olchi bo‘lishini istagan tadbirli kishi ishini puxta bajaradi, zarariga yurmaydi.

“Yoshlar daftari” tashkil etilgan kuni undan faqat ro‘yxat sifatida emas, manzilli ishlash uchun yo‘riqnoma sifatida foydalanilishini aholi vakillari to‘liq tushunmagan bo‘lsa-da, bugun tizim ish berayotganligi yaqqol ko‘rinayotir. Jumladan, mazkur ro‘yxatga kiritilgan hamda kredit olish istagini bildirgan yoshlar tadbirkorlikka obdan o‘qitildi. Ularning tadbirkorlikka qiziqishi hamda ishni eplay olishi o‘rganildi. Axir, bizda kreditdan to‘y-tomosha uchungina foydalanish avjiga chiqqan. Kreditlardan besamar va bemaqsad foydalanish bo‘yicha esa bir-birimizni ortda qoldirayotibmiz. Endi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshning faqatgina shu ro‘yxatda ekanligi bilan emas, balki uning kelgusi maqsad va tadbirkorlik taklifi ham o‘rganilib, kredit ajratilayotir.

Bu esa yoshlarning yuqorida ta’kidlangan aholi vakillaridan bo‘lib qolmaslik uchun qilingan o‘ziga xos choradir. O‘quv kursini tugatgan yoshlarga sertifikat taqdim etildi, endi esa ularning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun kredit ajratiladi.

X.KARSHIYEV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun