4 oyda Qur’onni yod olgach…

Date:

mom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qoshidagi ta’lim muassasasining 2-bosqich talabasi Abdulbosit Boboraxmatovning qisqa fursatda, deyarli to‘rt oy davomida Qur’oni Karimni to‘liq yodlagani e’tirof etilib, unga ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid tomonidan Mus’haf sovg‘a qilindi. Bu haqda ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, qisqa muddatda muqaddas Kalomni yod olgan yoshlar taqdirlangan tadbir “Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf” jome’ masjidi imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajidning Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrifi asnosida tashkil etildi. Tadbir davomida markaz ilmiy xodimlari hamda Imom Termiziy o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi ustoz va talabalari ishtirokida samimiy va do‘stona kechgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ustoz Hasanxon Yahyo Abdulmajid bilan “Qorilar silsilasi va Qur’on yodlash uslublari” mavzusida suhbat o‘tkazilib, ilm olish va uning fazilatlari, Qur’on yodlash, Qur’onning musulmon banda ustidagi haqlari borasida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Ta’lim muassasi direktori Shukrullo Umarov Hasanxon Yahyo Abdulmajidga Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan tarjima va nashr qilingan kitoblaridan sovg‘a qildi.

X.Karshiyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun