16 oilada “uy to‘yi”

Date:

O‘z uying o‘lan to‘shaging, deya bejiz aytilmagan. Xoh u eski bo’lsin, xoh ta’mirtalab ahvolda bo‘lmasin baribir o‘z oilang bilan yashaydigan uying bo‘lganiga ne yetsin. Biroq eski eskiligini qiladi oxiri. Bir kun buzib o‘rniga yangisini qurishga to‘g‘ri keladi. Ammo hammaning ham uy-joyini qayta qurishga, yangitdan ta’mirlashga imkoniyati yetavermaydi.

Termiz tumanining “Uchqizil” mahallasida 16 ta oila 1935-yilda taxtadan qurilgan, hozirda yaroqsiz holga kelib qolgan 2 ta koʻp qavatli uyda yashab kelishayotgan edi.

Bu holatga mutasaddilar aslo befarq qarashmadi. Ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida oila vakillari “Ayollar daftari”ga kiritilib, viloyat hokimligi koʻmagi, shuningdek, 3 ta qurilish korxonasi homiyligida namunaviy loyihalar asosida, 2 sotixli 16 ta yakka tartibdagi uy-joy qurildi. Ezgulikning boshidan tutib, aholining dardini o‘zniki bilib qilingan sa’y-harakat meva berdi. Tez orada uylar yangidan qad rostladi. Kuni kecha 16 ta oilaga ana shu yangi uy-joylar kaliti topshirildi.

Bir xursandchiligi ming bo‘lgan ushbu xonadon sohiblarining ko‘nglida shukrona, Yurtdan rozilik, islohotlardan minnatdorlik jo‘sh urayotgan bo‘lsa ajab emas.

A.Safarova

Oldingi sahifaFormaga qaytamiz…
Keyingi sahifaBesh kunlik seminar

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun