Maqsadlarimizga mushtarak tarzda

Date:

Bahor yaqin, odamlarda esa bahoriy kayfiyat hukmron. Albatta, chor-atrof, bizni o‘rab turgan borliq va ana shunday iliqlik uyg‘otishi lozim. Shu maqsadda mahallalarda, ko‘cha-yu xonadonlarda ulkan obodonlashtirish tadbirlari boshlanib ketgan. Gul-u ko‘chatlar ekilib, yerlar yumshatilmoqda. Yo‘laklar, yo‘llar esa tozalanib, toshlanib, asvaltlanayotgani, ko‘plab loyihalarning amaliyotga tatbiq etilayotgani ayni maqsadlarimizga mushtarak tarzda olib borilmoqda.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumaniga tashrifi doirasida “Turmushobod” va “Afrosiyob” mahallalarida bo‘lib, infratuzilmaning holati hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif davomida aholi bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar o‘rganildi. Yo‘l va yo‘laklarni ta’mirlash, kommunal xizmatlarni takomillashtirish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda aholi bandligini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, “Turmushobod” mahallasining aholisi uchun oilaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi. Viloyat rahbari o‘tgan haftadagi tashrifida ushbu bog‘chani foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar bergan edi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston–Tojikiston chegarasida joylashgan hududda “Sariosiyo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan turar joylar va ijtimoiy obyektlar qurilishi bilan tanishildi. Bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan yangi vazifalar belgilab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun