E’tibor va e’zoz

Date:

Mahalla “yettiligi” tomonidan “Xonadonbay” o‘rganish natijasida fuqarolarning ehtiyojidan kelib chiqqan holda ularga amaliy yordam berilib, murojaatlari atroflicha ijobiy hal etilmoqda. 75 yoshli Tovmamat ota Yusupov Sho‘rchi tumanining “Egarchi” mahallasida yashaydi. 2017-yilda og‘ir kasallik natijasida otaxon bir oyog‘idan ayrilgan. O‘shandan buyon qo‘ltiqtayoq yordami bilan yuradi. — Bir umr ketmon qo‘limdan tushgani yo‘q, dehqonchilik qildim, — deydi otaxon. — 7 nafar farzandimni birovdan kam qilmay ulg‘aytirdim, jamiyatda o‘rnini topishi uchun harakat qildim. Barakat topishsin mahalla faollari kelib, holimdan xabar olishdi. Eskirib qolgan qo‘ltiqtayog‘imning o‘rniga yangisini berishdi.Oyog‘i og‘rib, hassaga tayanib yuradigan Qulmat ota Toshboyev ham mahalla faollaridan mamnun. Hassaga tayanib qolgan bo‘lsa-da, otaxonning yaqindagina olgan texnikasi uzog‘ini yaqin qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ID kartalari topshirildi

Muzrabot tumanida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Tozalik xizmatlari 100 foizga yetkaziladi

Surxondaryoda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlar yangi...

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...

Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari...
KunTun
KunTun