Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hududlarda “Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, korrupsiyaga qarshi profilaktika chora-tadbirlarini tashkil etish” mavzusida ochiq muloqot hamda seminarlar tashkil etilmoqda.Mazkur muloqotlarning navbatdagisi Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy-nazorat xizmati xodimi G‘ofur Sodiqov hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyevlar tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi barcha muassasalarda korrupsion holatlarning oldini olish, davlat xaridlarida ochiqlikni ta’minlash, “Manfaatlar to‘qnashuvi”ning salbiy oqibatlaridan tizim vakillarini ogoh etish va ta’lim xodimlarini “halollik vaksinasi” bilan vaksinalash kabi bir qator yo‘nalishlarda vazifalar belgilab berildi.Yig‘ilishda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi apparat xodimlari, shu bilan birga ZOOM platformasi orqali tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda boshqa mas’ullar qatnashishdi.Muloqot davomida vazirlik vakillari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki lokal hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan tarqatma materiallar xodimlarga tarqatilib, korrupsiya haqida xabar berishga moʻljallangan vazirlik va tizim tashkilotlari aloqa kanallari keng targʻib qilindi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik hujjatlari asosida tayyorlangan targʻibot materiallari, taqdimotlar xodimlarga mustaqil oʻqib oʻrganish uchun yetkazildi. “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirguniga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bogʻliq masalalar oʻrganilib, xodimlarga uslubiy tavsiyalar berildi. Qolaversa, har bir xodim bilan yakka tartibda profilaktika tadbirlari oʻtkazilib, xodimlarda “halollik vaksinasi” immunitetini shakllantirish uchun xodimlar huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari, unga imkon berayotgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik mavjudligi haqida rasman ogohlantirildi.Ochiq muloqotda Surxondaryo viloyati Prokuraturasining ma’sul xodimi Ulug‘bek Ergashev hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi vakili Shahruz Narzullayevlar ham ishtirok etib, ta’lim sohasini shaffof va korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish va ularni turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlaridan asrash yo‘lida hamkorlikni yanada yaxshilash zarurligi bildirildi. Muloqot davomida ishtirokchilarga korrupsion harakatlarning ayanchli yakunlariga bag‘ishlangan maxsus videoroliklar namoyish etilib, har bir ta’lim muassasa rahbari bilim dargohlarida halollik va shaffoflikni ta’minlash uchun ma’sul ekanligi yana bir bor ta’kidlandi.
Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi
Date: