Umumjamoa hisobida ikkinchi

Date:

Penchak silat – Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yashaydigan xalqlarning milliy sport turi hisoblanadi. Ushbu yakkakurash turi yurtimizda ham asta-sekin rivojlanib bormoqda. Bir necha yillardan buyon muntazam mamlakat chempionati va kubogi, xalqaro turnirlar va miks silat bo‘yicha professional janglar ham o‘tkazilib kelinmoqda.
Yurtimizda ayni kunlarda Penchak Silat bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Buxoro shahri ushbu sport musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. Chempionat Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tmoqda va 500 nafardan ortiq ishtirokchi g‘oliblik uchun bellashayotir.
Musobaqada respublikamizning 14 ta hududidan jamoalar hamda Afg‘oniston, BAA, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Turkmaniston, Filippin, Eron, Hindiston davlatlaridan sportchilar ishtirok etmoqda. Uch kunlik chempionat yakuniga ko‘ra, Sariosiyo tuman jamoasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi. Ruxsora Ismoilova, Nazirbek Rustamov, Madina Hamrayevalar o‘z yosh va vazn toifalarida 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Oʻquvchilarga quvonch ulashildi

​Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida yurtimiz boʻylab...

Finalchilar kutib olindi

Termiz shahrida sport ixlosmandlari uchun muhim musobaqalardan biri —...

Kitob bilan ulg‘aygan oila

Surxondaryoda oilaviy kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Biz — kitobxon...

Muhim kelishuvga erishildi

Xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida...
KunTun
KunTun