Obodlik boshlangay odatda dildan

Date:

Rivojlanish, o‘sish-o‘nglanish bor joyda, ming afsuski, ortda qolish, “depsinish”, bir joyda qotib qolish kabi holatlar ham uchrab turadi. Har tomonlama rivojlanib borayotgan vohamizda ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ortda qolayotgan “og‘ir” mahallalar mavjud. Mana shunday hududlar sirasiga Sariosiyo tumanidagi 13 ta mahalla ham kiradi.

Bugun mahalla tizimini tubdan takomillashtirish, mahallabay ishlash orqali muammo va masalalar avj olgan bir pallada ushbu “og‘ir” hududlar o‘z holicha tashlab qo‘yilmasligini biz tumandagi “og‘ir” hududlarning rivojlantirila boshlaganida ham ko‘rayapmiz.

Viloyat hokimi To‘ra Bobolov belgilab bergan reja asosida hamda tuman hokimining topshirig‘iga asosan, tumandagi 13 ta “og‘ir” hudud toifasiga kiritilgan mahallalardan biri “Tortuli” mahalla fuqarolar yig‘inida aholiga qulaylik yaratish, turmush darajasini yaxshilash maqsadida tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Mamadaliyev boshchiligida tashkilotlar bilan birgalikda bir qancha amaliy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, mahalladagi 1 km tuproqli yo‘llarga shag‘al yotqizilib, ta’mirlash ishlari olib borildi hamda ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi, tabiiy gazga ulangan xonadonlarning gaz hisoblagichi almashtirilib, ko‘cha va ariqlar chiqindilardan tozalandi.

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida aholi vakillari tomonidan daraxt ko‘chatlari o‘tkazilib tuman obodonlashtirish bo‘limi xodimlarining say-harakatlari bilan mahalla hududidagi daraxtlar oqlandi. Bir so‘z bilan aytganda, “Tortuli”da  tashkilot va aholi vakillari birgalikda mahallaning yanada go‘zal va fayzli dargoh bo‘lishida o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Ushbu qilingan barcha amaliy ishlar zamirida birgina inson qadrini ulug‘lashdek ezgu maqsad mujassamdir.

Darhaqiqat, obodlik, rivojlanish, avvalo, ko‘ngildan, dildagi ezgu niyatlardan boshlanadi. Ishlar shu tariqa tashkil etilaversa, islohotlar samarasini bersa, ertangi kunga kelib, “og‘ir” hududlar qolmaydi. Odamlarning hayotdan roziligi oshib, chiroyli turmushga tutinadi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun