“Biz dardingizga malham bo‘lamiz!”

Date:

Zamonaviy taraqqiyot epkinlari bugun vohamizning chekka-chekka hududlariga ham kirib borayotgani aholiga yanada qulaylik yaratayotgani rost. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangidan yangi shifoxonalar bunyod etilishi — bularning bari inson qadrini ulug‘lash, salomatligini asrash yo‘lidagi muhim qadamdir.

To‘g‘ri, barcha kasalliklarni davolaydigan shifoxonalar joylarda hali to‘laligicha qamrab olinmagan esa-da malakali tibbiyot xodimlari joylarga chiqib, sayyor ko‘riklar tashkil etib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. 

Boysun tumani markazidan 60 km uzoqlikda joylashgan Machayga Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari Abror Yusufbekov boshchiligida viloyat hamda tumanlardan bir guruh malakali shifokorlar tashrif buyurdi. Mazkur tibbiy ko‘rik “Biz dardingizga malham bo‘lamiz!” aksiyasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, maqsad esa aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdir.

Prezidentimizning Farmon va Qarorlarida belgilangan muhim topshiriqlarning hududlardagi ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “Ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 33-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan tibbiy ko‘riklar aholiga bepul xizmat ko‘rsatmoqda.

Xatlov natijasida Machay hududida yashovchi 3-4 guruh dispanser hisobida turuvchi bemorlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiyot birlashmasi hamkorligida o‘tkazilgan ko‘rikda yuqori malakali kardiolog, terapevt, nevrolog, travmatolog, dermatolog hamda urologlar tomonidan tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

Shuningdek, fuqarolarni statsionar yotib davolanishi uchun kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun