“Kamalak bilimdonlari” aniqlandi

Date:

Jajji iste’dodlarni yuzaga chiqarishda, chekka-chekka hududlarda ham yashirinib yotgan iqtidor egalarini kashf etishda “Kamalak bilimdonlari” tanlovining ahamiyati yuqori.

“Kamalak bilimdonlari” 2016-yildan e’tiboran 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan barcha “Kamalak” Bolalar tashkiloti a’zolari, 4-5-6-7 sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirokida o‘tkazilib kelinayotir.

Ushbu tanlovda yoshlar tanishuv, sahna ko‘rinishi, savol-javob kabi shartlar asosida bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishadi. Shuningdek, ijtimoiy yo‘nalishda ham o‘zaro musobaqalashadigan jamoalar “Kamalak” Bolalar tashkiloti Nizomidan kelib chiqqan holda, o‘zlarining ijtimoiy loyihasi bilan ishtirok etishi talab etiladi. Loyihada g‘oya, maqsadi, vazifasi, uni amalga oshirish tizimi va kutilayotgan natija aks ettirilishi lozim. Bu esa mitti qalblarni izlanishga, o‘z ustida ishlashga, g‘oyalar o‘ylab topishga hamda jamiyat hayotidagi voqea-hodisalarga e’tiborli bo‘lishga undaydi.

Muzrabot tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida umumta’lim maktablari yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Kamalak bilimdonlari” Respublika ko‘rik-tanlovining Muzrabot tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni tumandagi 16-maktabning “Turon” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...

Xorijda ta’lim olish imkoniyatlari taqdim etildi

Xorijning nufuzli oliygohlarida o‘qish yoki malaka oshirishni istagan yoshlar...

Nuroniylarimiz Taxiatoshda

Termiz shahri bilan Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani o‘rtasidagi hamkorlik doirasida...
KunTun
KunTun