“Devoni foniy”dan hikmatlar

Date:

Alisher Navoiyning «Devoni foniy» asarida ibratli hikoyatlar va xislatli hikmatlar o‘rin olgan. Ular kishiga hayotiy haqiqatlarni anglashga, nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘riligini fahmlashga o‘rgatadi. Quyida ularning ayrimlarini sizga ham ilindik:

–  Baxil qo‘liga kirgan barcha narsani abadiy deb o‘ylaydi. Uyquparast tushida ko‘rgan har ayshu ishratga haqiqat deb ishonadi.

–  Hadeb til tig‘ini tortaverma, chunki shu’ladan tilla kulohi bo‘lsa ham, ayni shuning uchun shamning boshini kesadilar.

–  Begunohga til tig‘i bilan ozor yetkazish sog‘lom tomirga nishtar urib, uni mayib qilish kabidir.

–  Yoshligingda nimani o‘rgangan bo‘lsang, qariganingda ham o‘sha narsa yodingda bo‘ladi.

–  Ko‘p qusurlar borki, ichida bir qadar foydalar ham bo‘ladi.

  Feruza Rahmonqulova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun