Besabrning nafsi shoshar

Date:

Bugun uy-joy uchun subsidiya olgan kishiga “Hujjatlarni necha pulga to‘g‘irlatdingiz, kimga qancha berdingiz” deya savol beradiganlarni ko‘p ko‘ramiz. Shunchalar ongimizga singib ketganidan tanish-bilishsiz, porasiz ish bitkazib bo‘lmaydi, degan xulosaga kelib qolganimiz rost. Ammo, pulsiz ham bu kabi imtiyozlarga ega bo‘layotganlar talaygina. Yaqinda hamkasblarimning ikki nafari hech bir ta’masiz shunday imtiyozga ega bo‘lishdi.

To‘g‘ri, ta’magirlik qilayotganlar ham bor. Biroq, guruch orasidagi kurmaklar bitta-bitta qo‘lga tushishyapti. 

Sardor (ismi o‘zgartirilgan) Termiz shahar hokimiyatida ishlaydi. Fuqarolarga uy-joy olish uchun subsidiya ajratish ishida vakolatli vazifada bo‘lgani bois, o‘z mansabini suiiste’mol qilishdan tortinmadi. Hozir kim kp, subsidiyaga uy-joy olish uchun ariza ko‘tarib yugurgan ko‘p. Sardorga esa shunday «mijoz» larga subsidiya ajratilishi haqidagi yakuniy xulosa hujjatini berish evaziga ulardan pul undirish yoqib tushdi.

Bu safar uning qarmog‘iga Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi Latif ilindi. U Latifga yakuniy xabarnomani 3 million so‘m pul evaziga berishini aytdi. Latif pulning 1 million so‘mini oldindan berdi. Qolgan 2 million so‘mini paysalga solgandi, Sardor ham to‘nini teskari kiya boshladi. «Uka avval, qolgan pullarni ham olib kelasan, keyin yakuniy xulosani qo‘linga tutqazaman» deya talab qila boshladi.

Latif ham  Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiuv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, vaziyatni tushuntirdi. Tezda bo‘lim xodimlari ham Departamentning viloyat boshqarmasi  xodimlari bilan birgalikda ishga kirishdi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda Termiz shahar hokimligi binosi oldida Sardor Latifdan talab qilingan 2 million so‘m miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni sanab olayotgan vaqtida qo‘lga olinib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

PS: Darvoqe, hamma odam ta’magir bo‘lib ketgan deb o‘ylaydiganlarning ro‘parasidan nuqul shunaqalar chiqishini bilasizmi?! Shuning uchun avval niyatni yaxshi qilaylik, keyin nuqtai nazarni ham o‘zgartirsak, o‘zimiz noqonuniy harakat qilmasak, Yaratganning o‘zi ishimizni oson qilib qo‘yaveradi.

F.Umidullayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taraqqiyotga bolta urmaylik!

Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida "9-dekabr –...

Bahodir Hamdamov birinchi…

Kurash o‘zbekning milliy kurash turi, xalqimizning sevimli mashg‘uloti ham...

Ochiq kutubxona tashkil etildi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17-noyabr kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida...

Konstitutsiya va milliy qadriyatlarimiz uyg‘unligi

Konstitutsiya jamiyatning evolyutsion rivojlanishidan kelib chiqadigan hayotiy zaruratdir. U...
KunTun
KunTun