Surxonliklarning qo‘li baland keldi

Date:

Surxondaryo deganda, avvalo, alplar yurti, savlatli va kelbati bilan ko‘zni quvnatuvchi er-yigitlar ko‘z oldimizda gavdalanadi. Yoshlikdan mehnatda pishigan, quyosh tig‘ida kamol topgan chayir va chapdast yigitlar ham aynan Surxon zaminidan yetishib chiqadi, desak haqiqatga to‘g‘ri bo‘lardi.

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-17 aprel kunlari viloyatimizda “Yong‘in – qutqaruv sporti” musobaqasining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa davomida sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda qanday yo‘l tutish, kerakli yordam ko‘rsatish, zarar ko‘rgan hudud yoki jabrlangan fuqaroga qanday yordam berish, murakkab va tahlikali vaziyatlardan xalos bo‘lish kabi holatlarda tezkorlik va chaqqonlik bilan vazifasini qay darajada uddalashi yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga ko‘ra Surxondaryo Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi erkaklar terma jamoasi “Yong‘in – qutqaruv sporti” musobaqasining respublika bosqichida mutloq g‘olib bo‘ldi. 2-o‘rin Toshkent viloyati jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, Akademiya jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  

Shuningdek, mazkur musobaqa er-yigitlar barobarida qizlar o‘rtasida ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Qizlar terma jamoalari o‘rtasida g‘oliblik qashqadaryoliklarga nasib etgan bo‘lsa, Qorqalpog‘iston Respublikasi 2-o‘rin, sirdaryolik ishtirokchilar 3-o‘rin bilan ortga qaytishdi.

G‘olib va sovrindorlar Favqulodda vaziyatlar vazirligining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun