Biotexnik tadbirlar davom etmoqda

Date:

Tog‘larni, o‘rmonu dashtlarni, xullas borliqni qor qopladi. Olam oppoq libosda. Manzarani kuzatish esa har bir insonning bahri dilini ochadi. Ammo, bunday ob-havo sharoitida ochiqlikda yurgan jonzotlarning taqdiri nima kechadi. Ular qanday yemish topib, jon saqlarkin? Ana shu jihatlarini o‘ylagan “Surxon” davlat qo‘riqxonasining bir guruh jonkuyarlari dengiz sathidan 2 500 metr balandlikda jolashgan “Xo‘janqo” bo‘limida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishdi.
Aytish kerakki, bo‘limning umumiy maydoni 1 ming 590 gektar yer maydonini tashkil qiladi. Biotexnik tadbirlar davomida yovvoyi hayvonlar uchun ozuqabop yemlar to‘kib chiqildi. Albatta, bu kabi xayrli tadbirlar hayvonlar sovuq ob-havoda betalafot olib chiqishini ta’minlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun