Askiya saylida

Date:

Kulish umrni uzaytirib, tanadan kasallik va dardni quvsa, kuldirish savobdir. Xalqimizning kayfiyatini ko‘tarish, qolaversa, vaqtini mazmunli tashkil etish uchun turli tadbirlar, dasturlar uyushtirilmoqdaki, albatta, bunga keng jamoatchilik vakillari ham e’tiborsiz emas. Gap kulish, kuldirish haqida ketsa, kulgu jamoalarining chiqishlari yodga tushadi. Ammo, bugungi kunda anchayin unutilgan askiya, turli so‘z o‘yinlari samimiy va sof kulguga sabab bo‘lardi. Qolaversa, askiya – xalqimizning o‘ziga xos bo‘lgan, betakror san’at turidir. Zukkolik, donolikni o‘zida ifoda etuvchi askiya boshqa hech bir xalqda uchramaydigan san’at turidir. Ayni san’at turning unutilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ommalashtirish lozim.
Shu maqsadda Sho‘rchi tumanidagi “Sho‘rchidonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati xodimlari uchun “Askiya sayli” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda so‘z san’atining bir guruh vakillari o‘zlarining chiqishlari bilan ishchi-xodimlarning olqishiga sazovor bo‘lishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun