Termiz aholisining gaz ta’minoti yaxshilanadi

Date:

Kunlar sovugani gaz, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojimizni kuchaytiradi. Ayni ular sovuqda jonimizga ora kirib, issiq haroratni his etamiz. O‘z navbatida bunday talabning ortishi, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlarida muammolar yuzaga keltirishi bor gap. Ana shunday holat ortidan aholining murojaatlari ham ortib boradi. Bu kabi muammolarni bartaraf etish maqsadida viloyat navbatchilik shtabi o‘z ishini boshlagan bo‘lib, murojaat tushishi bilan tezkor choralar ko‘rib borilmoqda.
Erta tongdan yo‘llangan murojaatga asosan viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrining “Majnuntol” mahallasi hamda Farovon massivida bo‘ldi. Mahalla “yettiligi” bilan mavjud muammolar yuzasidan suhbatlashib, Farovon massivida aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahri aholisi hamda sanoat tarmoqlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida Angor tumanida joylashgan “Qoraqir” avtomoatlashtirilgan gaz taqsimlash shoxobchasida bo‘ldi.
Davlatimiz rahbarining 2021-yil 1-2-iyun kunlari viloyatimizga tashrifi davomida berilgan topshiriqqa asosan, Termiz shahri iste’molchilari va “Termiz” erkin iqtisodiy zonasini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun kesimi d-219 mm bo‘lgan 38,9 km yuqori bosimli gaz tarmog‘ida qurish ishlari amalga oshirilib, uni tarmoqqa ulash jarayonlari davom etmoqda. Loyihani qisqa muddatda yakunlash va mavjud tarmoqdagi diafragmani katta hajmlisiga almashtirish orqali Termiz shahrini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash topshirig‘i berildi.

Oldingi sahifaYutuqlar bardavom bo‘lsin
Keyingi sahifaAskiya saylida

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rahbarlar kitob ulashdi

“O'zbеkiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Rеspublika...

“Chashma”dan birgalikda foydalanamiz

Oʻzbеkiston va Qirgʻiziston “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish boʻyicha kеlishuvga...

Milliy liboslar namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart...

Mehnati muvaffaqiyat keltirdi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika...
KunTun
KunTun