Konstitutsiya ko‘chasi

Date:

Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Termiz shahrida joylashgan “San’at saroyi” binosining oldi qismida tashkil etilgan “Konstitutsiya ko‘chasi” bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlar davomida Konstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va foto ko‘rgazmasi, Konstitutsiyani o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va maxsus adabiyotlar ko‘rgazmasi hamda konstitutsiyaviy huquqlar bo‘yicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklari tashkil etilib, bannerlarlar hamda boshqa ko‘rgazmali materiallar joylashtirildi.

Qolaversa, Konstitutsiyaga oid turli ko‘ngilochar tadbirlar, fuqarolarning huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha viktorina loyihasi amalga oshirilib, g‘olib ishtirokchilar viloyat adliya boshqarmasi va viloyat prokuraturasi tomonidan Konstitutsiya kitobi hamda Konstitutsiya ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Ishtirokchilarga mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun