Bolajonlar quvonchi cheksiz

Date:

Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolajonlarning bog‘chaga qamrovini kengaytirish maqsadida hududlarda, chekka va olis qishloqlarda MTTlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga keng e’tibor qaratilmoqda. Qayerda bo‘lmasin, shahardagidan kam bo‘lmagan shart-sharoit va qulayliklar yaratilgan bog‘chalar jajji o‘g‘il-qizlar uchun xizmatga shay. Ayniqsa, malakali va mahoratli mutaxassislarning jalb etilayotgani esa ertangi kun egalarining ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan e’tiborning yuksak namunasi deyish mumkin. Xuddi shunday Oltinsoy tumanidagi “Ekraz” mahallasida joylashgan 10-sonli DMTT qaytadan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
120 nafar bolajonni o‘z bag‘riga olgan maktabgacha ta’lim tashkilotida barcha shart-sharoit va imkoniyatlar muhayyo. Bog‘chaning ochilish marosimi katta bayrm tadbiriga aylanib ketdi. Marosimda so‘z olgan tuman hokimi Baxrom Maxmatraemov bolajonlarni ushbu mo‘jazgina maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi bilan qutlab, bu yerda risoladagidek ta’lim-tarbiya olishlarini, kelajakda yurt koriga yaraydigan kadrlar bo‘lib yetishishlarini tiladi.
jumladan shunday dedi: O‘zbekiston kelajagi, dunyo taraqqiyoti bugungi bolajonlar qo‘lida, ularning barkamol bo‘lib yetishishida Prezidentimiz tomonidan tinimsiz harakatlar qilinmoqda.
Jonajon diyorimizda ko‘plab ana shunday muassasalar ishga tushiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shved instituti bilan yangi loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning...

“Ezgulik — yurakdan yurakka”

Jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlash maqsadida...

“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlar uchun yana...

Surxondaryoliklar mukofotlandi

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi...
KunTun
KunTun