O‘rganish ishlari olib borildi

Date:

Ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi chiqindixonalarda to‘planayotgan chiqindilar oʻz vaqtida olib ketilmayotganligi haqida aholi tomonidan norozilik kayfiyatida eʼtirozlar bildirilgan edi. Shu munosabat bilan mutasaddilar, keng jamoatchilik faollari ishtirokida Termiz shahri boʻylab bunyodkorlik ishlarining borishi koʻzdan kechirildi. Birinchi manzil Termiz shahridagi 2-sektor “Turon” mahallasi bo‘ldi. Chiqindixona yaqinidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi Qutlimurodova Xalima opa bilan suhbatimiz chog‘ida ma’lum bo‘ldiki:
— Bu yerda chiqindixona bo‘lganiga 3-4 yil bo‘ldi. Avvallari buyerda chiqindi to‘kilmas edi Uyim chiqindixonaga juda yaqin joylashgan yoqimsiz xidlarga chidolmayapman. Derazam oynasini ochib, xonalarimni shamollata olmayman ikki kundan buyon chiqindini olib ketmayapti.
Bundan tashqari, chiqindixona yonida kichikroq omborxonada to‘lib turgan, ya’ni pullasa bo‘ladigan karton qog‘ozlari va baklashkalar ajratib, alohida saqlab kelganini, qolgan chiqindilar esa kontineridan to‘lib yerda to‘zib, achinarli ahvol kasb etgan edi. Shuningdek, 3-sektor “Ma’rifar” mahallasida ham odamlar uyidan chiqqan bir haftalik qop-qop chiqindisini ko‘chaga to‘plab qo‘yganining guvohi bo‘ldik.
Keyingi manzilimiz Alpomish mahallasi bo‘ldi. Mahalladagi Atirgul ko‘chasida ham chiqindi solish kontineri to‘lib toshgan. Odamlar esa chiqindilarni yerga to‘kishayotgan ekan. Shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan mahallalarga borganimizda chiqindixonalardagi to‘planayotgan chiqindilarni ko‘zdan kechirib, guvohi bo‘ldikki, chiqindilar orasida izg‘ib yurgan daydi it va mushuklar qanchadan-qancha mikroblarni tashiyotgani yetmagandek, chiqindixonada nobud bo‘lgan itning o‘zidan badbo‘y xid chiqarayotganiga nima deysiz. Nahotki, shu itning egasi uni ko‘mish o‘rniga mana shunday alfozda tashlab ketishni o‘ziga ep bildi ekan? Shahrimizdagi boshqa qator mahallalarda ham ahvol shu. Kuzatuvlarimiz, fuqarolar bilan suhbatlarimiz davomida aniq bo‘ldiki, hududlarda chiqindilar oʻz vaqtida olib ketilmayapti, aholi esa bundan norozi kayfiyatda.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi 29 ta stomatologiya poliklinikasi, xususan...

IQ darajasi oʻlchandi

Dunyo mamlakatlari aholisining oʻrtacha aqllilik (IQ) darajasi boʻyicha reyting...

Yuz kishidan ortsa, jarimaga tortiladi

Oʻzbеkistonda toʻylarni tartibga solishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqiladi. Bu...

“Bor mеhrimiz — shu Vatan uchun”

Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan oʻtkazilayotgan “Bor mеhrimiz —...
KunTun
KunTun