“Quvnoqlar va zukkolar”da…

Date:

Ba’zan jamiyat hayotimizda rolga kirishib ketadigan tug‘ma iste’dodlarni uchratamiz. Yoki so‘zga chechan, gap-so‘zlari bilan barchani kayfiyatini ko‘taradigan havjchilar ham bo‘ladi. Jarayonni kuzatib turib, “sen bu yerda nima qilib yuribsan, sening joying san’at institutida yoki teatrda” deb qo‘yamiz. Turgan gapki, bunday fikrni ularga ko‘pchilik aytgan. Sherobod tumanidagi maktablar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasida ana shunday iste’dodli yoshlar ishtirok etdi.
Musobaqaning tuman bosqichi o‘ziga xos tarzda o‘tdi. Jamoalarning har bir chiqishi jonli, improvizatsiyaga boy holda o‘tdi. Eng muhimi, tomoshaga kelganlar ham, hakamlar hay’ati ham vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, miriqib dam oldilar. Ha, kulgu insonning kayfiyatini ko‘tarib, umrini uzaytirishga xizmat qilar ekan. Ushbu musobaqa ham ana shunday maqsadni ko‘zladi.
Qiziqarli va his-hayajonlarga boy o‘tgan musobaqada faxrli faxrli 1-o‘rinni tumandagi 56-sonli umumta’lim maktabining “Yosh dasturchilar” jamoasi egallab viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarga yangi xonadonlar topshirildi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yetim bolalar va...

Yangi tashabbuslar ilgari surildi

Bugungi kunda xorijiy tajriba va zamonaviy bilimlarni yurt taraqqiyotiga...

Finalda g‘olib kim?

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Sportchilarimiz bo‘sh kelmadi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport salohiyatini namoyon...
KunTun
KunTun