… faoliyati o‘rganildi

Date:

Kasb-hunar maktablari va texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi-yu, yoshlarning qiziqishi va tanloviga qarab ma’lum bir kasbga o‘qitiladigan bo‘ldi. Nazariy bilimlarning amaliyot bilan bog‘langani esa o‘rganuvchi-o‘quvchilarning malakasini oshirishga xizmat qilyapti. O‘quvchilarning tahsil olishi va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tash jarayonlari bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Muzrabot tuman kasb-hunar maktabida bo‘ldi.
Jarayon bilan bevosita tanishgan viloyat rahbari kasb-hunar maktabiga yanada malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, bitiruvchi yoshlarni yetuk kadrlar qilib tayyorlash, asosiysi qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratib, bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Aytish kerakki, ushbu kasb-hunar maktabida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida qurilish-ta’mirlash hamda muqobil energiya manbalarini joriy etish ishlari amalga oshirilgan. Tashrif bahonasida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

Oldingi sahifa“Quvnoqlar va zukkolar”da…
Keyingi sahifaSABOQ

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun