Saratonga qarshi nanokapsula ishlab chiqildi

Date:

Saraton — bu kasallikning nomini eshitishning o‘ziyoq insonda dahshat uyg‘otadi. Bemorni bosqichma-bosqich zabt etib, oxir-oqibat o‘lim bilan yakun topuvchi kasallikning davosi yo‘qligi bemor va uning yaqinlariga psixologik zarba ham beradi. Rossiyalik olimlar xitoylik hamkasblari bilan birgalikda saraton kasalligini davolashning yangi samarali usulini ishlab chiqishdi.
Olimlar nanokapsulalar – organizmdagi xavfli o‘smalarni o‘zlari topib, ularni bartaraf eta oladigan dori vositalarini yaratishdi. Ba’zi saratonga qarshi dori vositalari hujayralarga kira olmaydi, boshqalari esa tez erimaydi. Bunday davolashning samaradorligi odatda past bo‘ladi. Endi yangi texnologiya paydo bo‘ldi: dori to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘smaga yetkaziladi. Kapsula bir qator afzalliklarga ega. Belgilangan joyga ta’sir o‘tkazib, sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmaydi va bir vaqtning o‘zida bir nechta moddalarni bitta kapsulaga kiritish mumkin. Bu esa terapiya ta’sirini oshiradi.
Hozirda hujayralar ustida sinovlar olib borilmoqda, keyin ular hayvonlarga sinab ko‘riladi. Olimlar Rossiya fan jamg‘armasi grantiga ariza topshirishgan. Agar ishlanma samarali bo‘lib chiqsa, Rossiya ham, Xitoy ham undan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun