G‘alaba bilan qaytishdi

Date:

Yosh avlodning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Mahoratli, o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan trenerlarning jalb etilgani esa sportchi yoshlarning yutug‘i bo‘lib xizmat qilishiga shubha yo‘q. Tayyorgarlikni sinovdan o‘tkazuvchi maydon esa sport musobaqalaridir. Sport musobaqalari orqali sportchi-yoshlar o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.
O‘ziga ishonchi baland surxon yoshlari Xorazm viloyatida o‘tkazilgan sportning “Usmonov konbat sistems” yakkakurash turi bo‘yicha Osiyo kubogi chempionat musobaqasida ishtirok etdilar. Quvonarlisi, kuchlilar jam bo‘lgan musobaqada yosh vohadoshlarimiz ham bo‘sh kelishmadi. Asadbek Xushvaqtov oltin medalni, 2-o‘rin va kumush medalni Sodiqjon Sheraliyev, 3-o‘rin va bronza medalni Davlatbek Normengliyev qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun