SYUJETLI-ROLLI O‘YINLAR VA SAHNALASHTIRISH

Date:

O‘g‘limga nimadir o‘rgatish, nimanidir uqtirish qiyin masalaga aylanadi. Aksincha, o‘rgatmoqchi yoki uqtirmoqchi bo‘lganlarimni qandaydir qiziqarli o‘yin tarzida o‘rgatsam, zumda tushunadi va doimo yodida saqlaydi. Shu sababdan ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi-pedagoglar bolalarga mashg‘ulotlarni o‘tishar ekan doimo syujetli-rolli o‘yinlardan foydalanishadi. Qolaversa, mavzuni yaxshi tushunishlari uchun aktyorlik mahoratlarini ham ishga solib, sahnalashtirishadi, kerak bo‘lsa, rol o‘ynashadi. Bolajonlarning e’tiborini jalb qilish uchun esa bu eng yaxshi vosita deyish mumkin.
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 40-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rta guruh bolajonlari “Bizning oila” mavzusida sahna ko‘rinishini namoyish etishdi. O‘yin bola uchun haqiqiy hayotdir. Bolalarni tarbiyalashning syujetli-rolli o‘yin shakli shunaqa samarali natija beradiki, o‘yinda bola faqat yashashni o‘rganmaydi, balki o‘z hayoti bilan yashaydi.

Oldingi sahifaBaxtli oila formulasi
Keyingi sahifa1-oktyabrdan…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun