Baxtli oila formulasi

Date:

Matematik formulalarni hamma ham tushunavermagani uchun fanni yoqtirishmaydi. Eng qiziqarli va hayotiy fan matematika aslida. Qonun-qoida tusini berib, aynan ana shunday formula asosida misollarni yechishni hayotga, turmush tarzimizga ko‘chirsakchi, unda bu formulani nima deb nomlashimiz mumkin. Albatta, baxtli oila formulasi. Oila baxtli bo‘lishi uchun esa oddiy jihatlarni, burch va vazifalarimizni to‘laqonli bajarsak, har qanday vaziyatda insoniylik, mehr-oqibat tuyg‘ulari bilan yondashsak, kifoya. Bu formulaning qonuniyatlarini bir xilda saqlash esa ko‘p hollarda xotin-qizlarga bog‘liqdek nazarimizda.
Shu jihatdan maktabdagi o‘quvchi-qizlarni hayotga tayyorlab borish, ularda ezgu fazilatlarni shakllantirish maqsadida Termiz tumanidagi ta’lim muassasalarida baxtli oila formulasi yuzasidan davra suhbatlari tashkil etildi. Suhbat davomida o‘quvchi-qizlar o‘zlarining baxtli oila haqidagi tasavvurlarini so‘zlab berishdi. Ularga tajribali ayollar tomonidan turli maslahat va ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun