Harbiy-vatanparvarlik festivalida…

Date:

Erta tongdan Boysun ko‘chalarida harbiy arkestr sadolari qulog‘iga chalingan borki, o‘zini ko‘chaga urdi va harbiy arkestr sadolari ostida harbiylarning saf tortib ketayotganini zavq va maroq bilan tomosha qildilar. Bu jarayon er yigitlar qalbida vatanga xizmat qilishdek muqaddas burchning yanada alanga oshishiga xizmat qilgan bo‘lsa, ajab emas. Surxondaryo viloyat hokimligi, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda Boysunda keng qamrovli festival ana shunday ruhda boshlandi.
Festivalda so‘z olgan viloyat hokimi hamda okrug qo‘mondonligi vakillari yoshlarga o‘z oldilariga qo‘yilgan marralari sari dadil borishlari hamda ko‘proq kitob o‘qib, biror mutaxassislikni egallashlari lozimligini ta’kidladi.
Xayraobod garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan yoyilgan o‘quv nuqtalarida yoshlar qurol-aslaha va anjomlar namoyishi bilan tanishib, qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Harbiy orkestr jamoalari hamda taniqli san’atkorlarning Vatanga muhabbatni tarannum ettiruvchi kuy-qo‘shiqlari esa barchaning ko‘ngliga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir davomida maktab o‘quvchi-yoshlariga harbiylar tomonidan chaqiruvga qadar tayyorgarlik sinfi ta’mirdan chiqarilib, o‘quv moddiy bazasi foydalanishga topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun