Halollik bo‘yicha maxsus o‘quv darslar o‘tiladi

Date:

Korrupsiyaning oqibatini bilsa-da, ba’zilar o‘z nafsining quli bo‘lib qolaverayotgani ayanchli. Shu maqsadda yurtimizda aksilkorrupsiya bo‘yicha Singapur tajribasi asosida bir qator kelishuvlar imzolangan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi shu kunlarda xizmat safari bilan Singapur davlatida bo‘lib, muzokaralar davomida bir qator masalalar muhokama qilinib, kelishuvlarga erishildi.
Xususan, Singapurning korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan choralarni milliy amaliyotga tatbiq etilib, bu tajriba asosida yoshlar, shu jumladan, maktab va oliy ta’lim muassasalarida halollikni targ‘ib qilishga qaratilgan maxsus o‘quv dastur va qo‘llanmalar ishlab chiqiladi.
O‘zbekistonda zamonaviy aksilkorrupsiya mexanizmlarini ishlab chiqishda Singapur aksilkorrupsiya byurosi ekspertlari jalb qilinadi. Singapur amaliyoti asosida xususiy sektor vakillari hamda davlat idoralari moliya va iqtisod sohasidagi xodimlar uchun real keyslar asosida qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish usullarini muhokama qilish va bu yo‘nalishda standartlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat idoralari rahbar kadrlari uchun Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabida maxsus o‘quv kurslarini tashkil qilish va davlat xizmatchilarini Singapur tajribasi asosida qisqa muddatli kurslarda malakasini oshirish ham rejalashtirilgan. Bundan tashqari, hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha tergovchilar malakasini oshirishga qaratilgan loyihalar ishga tushiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Teng huquq — teng imkoniyat: ayollar himoyasining yangi mezonlari

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim...

Favqulodda vaziyatlarda volontyor — ko‘makchi kuch va insonparvarlik timsoli

            Favqulodda vaziyatlar inson hayoti va salomatligiga, mol-mulk...

595 ta tashqi reklamaning 293 tasi qonunga zid

Termiz shahrida tashqi reklama vositalarini joylashtirish tartibiga rioya etilishi...

Ijara to‘lovida imtiyoz bor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-son Farmoni bilan davlat...
KunTun
KunTun