Plastik chiqindilarni parchalay oladigan mikroorganizm topildi

Date:

Shri-Lankadagi Kelaniya universiteti olimlari kesilgan daraxtlarni yo‘q qiladigan qo‘ziqorinlardan plastik chiqindilarga qarshi kurashda foydalanish mumkinligini aniqladi. Tadqiqot natijalari “PLOS One” jurnalida chop etildi.
Ushbu mikroorganizm yog‘ochga qattiqlik beradigan juda bardoshli organik polimer bo‘lgan ligninni parchalash uchun fermentlarni ishga soladi. Tadqiqot uchun olimlar chirigan qattiq daraxtlardan 50 ta qo‘ziqorin namunalarini ajratib olishdi. Keyin ular namunalarni ikkita asosiy guruhga bo‘lishdi: birinchisi past zichlikdagi polietilenga, qolganlari esa daraxtlar va plastmassa aralashmasiga qo‘yilgan.
45 kundan keyin ma’lum bo‘ldiki, ikkala tajribada qo‘ziqorinlar polietilenni yemirgan. Mualliflarning fikriga ko‘ra, oq qo‘ziqorin ham yog‘ochni, ham plastmassani parchalash uchun oksidlovchi fermentlardan foydalanadi. Biroq, plastmassani qayta ishlashda aniq qanday jarayonlar ishtirok etayotgani hali noma’lum. Kelgusi tadqiqotda mualliflar zamburug‘larning turli muhitlarda, masalan, chiqindixonalarda qanday yashashini va ularning daraxtlarga xavf tug‘dirishini aniqlashni rejalashtirmoqda.
Bu maqolaning bizga foydasi:
O‘zbekistonda yiliga 7 million tonna maishiy chiqindi chiqadi. Uning 26 foizigina qayta ishlanadi. Qolgan kuch va xarajatlar chiqindilarni yig‘ib olishga sarflanar ekan.
Chiqindini qayta ishlash bo‘yicha 2022-2025-yilgacha maxsus dastur qabul qilingan bo‘lib, ushbu vaqt ichida qayta ishlashni 96-100 foizga chiqarish ko‘zda tutilgan. O‘ylaymizki, O‘zbekiston hukumati ham zamonning ilg‘or davlatlari bilan tajriba almashib, ushbu usullardan foydalanadi.

Shermuhammad Dehqonov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun