«Ko‘zingni och»

Date:

O‘zbek filmlari haqida gap ketganda tanqid ustiga tanqid yog‘ilib, oxiri bunday filmlarning bori ham tanqid yomg‘irlari ostida ko‘milib, yo‘q bo‘lib ketgandek bo‘ldi. Shu sababdanmi, oxiri kinorejissorlarimiz bir qismli filmlar suratga olishni to‘xtatib, seriallarga o‘tishdi. Holat va ahvol esa bundan battar bo‘lsa, bo‘ldiki, aslo joyiga tushmadi. Shunchaki, tomoshabinning ham gapiraverib, ensasi qotdi shekilli, bu haqda to‘xtalmay qo‘ydi. Siyqasi chiqqan mavzu-yu, jo‘n senariylardan charchadik.
Ana shunday bir paytda S.A.Gerasimov nomidagi VGIK Toshkent filiali talabasi Gulnora Ivanova ham o‘zini kinoga urdi. U yozuvchi Stiven King bilan shartnoma tuzib, 1981-yilda yozilgan «Qo‘l berib ko‘rishmagan odam» qissasini kinoga olish huquqini 1 dollarga sotib olgan. Aytish kerakki, qo‘rqinchli janrdagi «Tegish» qisqa metrajli filmi allaqachon Malayziyada bo‘lib o‘tgan «Nitiin International Film Festival»da «Eng yaxshi triller» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan va Student World Impact Film Festival kinofestivalining diplomi bilan ham taqdirlangan.
Mana shunday muvaffaqiyatli qadamdan so‘ng o‘zbek rejissor qizining urinishi qanday kecharkin? Nima bo‘lganda ham hozirda Gulnora «Ko‘zingni och» nomli yangi filmini suratga olyapti. Biz esa munosib bahoni berish uchun kutamiz va kuzatamiz…

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun